Samarqand O'zbekistondagi aholisi soni bo'yicha hamda kattaligi jihatidan ikkinchi shahar bo'lib, mamlakatning eng yirik sayyohlik markazlaridan biri sanaladi. Mintaqa biznesni kengaytirish nuqtai nazaridan ham, yangi va aholi tomonidan talab etiladigan xizmatlarni joriy etish bo'yicha ham istiqoblga ega hudud hisoblanadi. Aynan shu yerda UMS mobil operatorining sotuvlar va xizmat ko'rsatish bo'yicha navbatdagi ofisi ochildi.
Viloyatda 3 mln. 300 ming nafardan ziyod, Samarqand shahrining o'zida 500 mingdan ortiq odam yashaydi. Mobil aloqa sohasida istiqbolli bo'lgan bunday bozor uchun UMS kompaniyasi yangi, qulay va oddiy loyihalarni izlab topmoqda. Loyihalar, birinchi navbatda, abonentlarga kompaniyaning xizmat ko'rsatish markazlarida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, UMS ning shaxsiy ofislari soni yana bittaga ortdi. Samarqandning qoq markazida sotuvlar va xizmat ko'rsatish bo'yicha yangi ofis ishga tushdi. U Navoiy ko'chasidagi tarixiy binoda joylashgan bo'lib, tashrif buyuruvchilarni har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha, dam olish kunlarisiz qabul qilmoqda.
“UMS kompaniyasi xizmatlarning aholi uchun iloji boricha ochiq va qulay bo'lishiga harakat qilmoqda. Respublika mintaqalaridagi faoliyat geografiyasini kengaytirish maqsadida kompaniya shaxsiy xizmat ko'rsatish ofislari hamda tijorat sheriklarining sotuv punktlari tarmog'ini yanada kengaytirish bo'yicha strategik rejani amalga oshirib bormoqda. UMSning yangi ofisida istagan tashrif buyuruvchi qulay sharoitlarda xizmatlarning barcha turlaridan foydalanishi mumkin. Bu yerda abonentlar uchun tarmoqqa ulanish, SIM-kartani almashtirish, Internet paketlarni aktivizatsiyalash, tarifni va zarur raqamni tanlash, qo'shimcha xizmatlarni yoqtirish, chiroyli raqamlarni kechiktirib to'lash sharti bilan rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko'rsatiladi. Kompaniya xodimlari, shuningdek, mobil aloqaga oid barcha savollar bo'yicha zarur maslahat ko'magini beradi” – deydi “UMS” MCHJ ofis sotuvlari va xizmat ko'rsatish departamenti direktori Denis Linkevich.
Samarqand mintaqasi haqida gapirganda shuni ta'kidlash lozimki, u UMS kompaniyasining amaldagi va ulanishi mumkin bo'lgan mijozlari soni bo'yicha muhim o'rin tutgan mintaqalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, kompaniya ofislarining sonini ko'paytirgan holda xizmatlar va aloqaning sifatiga juda jiddiy e'tiborni qaratmoqda.
“Biz nafaqat vaqtni, balki abonentlarimiz uchun yaratiladigan qulay sharoitni ham qadrlaymiz. Shuning uchun UMS mobil operatori Samarqand bo'linmasining ustuvor yo'nalishlari orasida abonentlarning qiziqishini yanada oshirish, kompaniyaning eng olis tumanlar va qishloqlarga kirib borish va mijozlar bazasini ko'paytirish tadbirlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, UMS aloqa sifatini yanada oshirishga sezilarli e'tiborni qaratmoqda. Hozirgi paytda Samarqand viloyatida 3G va 2G standartlaridagi 328 ta bazaviy stansiya ishlamoqda. Shulardan 82 tasi bevosita Samarqand shahrida o'rnatilgan”– deya aytdi “Uzreport TV” telekanaliga bergan intervyusida “UMS” MCHJning Samarqanddagi xizmat ko'rsatish markazi rahbari Farhod Sharipov.
“Shu bilan birga, agar 2016 yilda biz 6 ta bazaviy stansiyani o'rnatgan va modernizatsiya qilgan bo'sak, joriy 2017 yilda ushbu raqam 20 taga yetdi. Yil oxirigacha yana 60 dan ziyod yangi bazaviy stansiyani ishga tushirish rejalashtirilgan”,– deya qo'shimcha qildi Farhod Sharipov.
UMS operatori tijorat vakillarining sotuvlar tarmog'ini kengaytirishni ham inobatga olmoqda. Samarqand viloyatida kompaniya 90 dan ortiq tijorat hamkorlariga ega bo'lib, ular 120 dan ziyod joyda, shu jumladan, «Uzbekiston pochtasi» AJ bo'linmalarida mobil xizmatlar savdosini amalga oshirmoqda.
Uyali aloqa bozori bu rivojlanib borayotgan va yuqori texnologiyali segment hisoblanib, iqtisodiyotni modernizatsiyalashda strategik ahamiyat kasb etadi.