Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS abonentlaridan 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

UMS mobil aloqa operatorining ma’lum qilishcha, 2017 yilning 9 oyi davomida kompaniyaga abonentlardan 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati kompaniya taqdim etadigan qo‘shimcha xizmatlar va tarif rejalariga oiddir. Murojaatlarning bir foizidan kamrog‘i abonetlarning e’tirozlariga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarning salkam  bir foizi  abonetlarning e’tirozlariga to‘g‘ri keladi.  Abonentlar  kompaniyaga yana qanday savollar bilan murojaat qilishmoqda? 

Bugungi kun holatiga, UMS mobil aloqa operatorining 2 yarim milliondan ziyod abonentlari mavjud. Kompaniya ularga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va har bir murojaatga o‘z vaqtida e’tibor qaratishga intiladi. Kompaniyаеқaga murojaatlar kelib tushadigan kanallar bilan yaqinroq tanishamiz.

Abonentlardan kelib tushadigan savollarning soni bo‘yicha ko‘proq, odatdagidek, UMS call-markazi turadi. Barcha murojaatlarning 90% dan ziyodi shu yerda qayta ko‘riladi. Qolgan kanallar orasida taxminan bir xil pozitsiyani egallaydigan mijozlarning kompaniya ofislari, qarshi aloqa shaklida UMS ning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va feysbukdagi “Potrebitel/iste’molchi” guruhi, UMS bosh direktorining virtual qabulxonasi ham bor.

https://uzreport.news/fotobank/content/2CHY5aC0DJChrVCAIp3kxgPZ87Zaovd3T3wJwZcq.jpeg

 «UMS» MChJ ma’lumot-axborot bo‘limi boshlig‘i Malika Zagrutdinova:

- Call-markazga tushayotgan murojaatlarning 27 foizga yaqini u yoki bu xizmat uchun to‘lovlarga taaluqli. Sall-markaz operatorlari mijozlarga maslahat berib, ularga qanday pullik xizmatlar qo‘shilgani va abonent ularning qay birini ishlatgani haqida ma’lumot berishadi. Sall-markaz operatori joyida hal etolmaydigan savollar bo‘yicha esa buyurtma to‘ldirilib, maxsus texnik yordam guruhiga beriladi.  

Umuman olganda, mobil aloqa operatorlari haqida so‘z borganda odamlardan “Har kuni balansimdan ma’lum miqdordagi pul yo‘q bo‘lib qoladi”, “Aloqa uchun kechagina pul to‘lagandim, bugun yana qarz bo‘libman” kabi anchayin bahsli vajlarni eshitish yoki o‘qish mumkin. Shuni hamisha yodda tutish kerakki, agar to‘lov borasida biror shubha tug‘ilgudek bo‘lsa, istalgan paytda mobil operatorga murojaat qilib, kerakli tushuntirishlarni olish mumkin.

https://uzreport.news/fotobank/content/3xc2FeFCbYveLU1e8fvObTHgH3om53AcNxbN7EJn.jpeg

 «UMS» MChJ abonentlarga xizmat ko‘rsatish Departamenti direktori Olga Kim: 

- Mobil aloqaning barcha turlari bo‘yicha hisob-kitoblar maxsus uskuna, ya’ni  – billing  tizimida amalga oshiriladi. Bu tizimda barcha tariflar va servislar haqidagi ma’lumot saqlanadi va abonent ulardan foydalangan hajmdan kelib chiqib tizim avtomat ravishda xizmatlar qiymatini hisoblab chiqib, mijozga berish uchun tayyorlab qo‘yadi. Bu borada inson aralashuvi minimumga yetkazilgan. Odamlar emas, balki aynan kompyuterlar, abonent qancha megabayt sarflagani, necha daqiqa gaplashgani, to‘plamni amal qilish muddati qachon tugagani va xizmat ulangani uchun balansdan qancha miqdorda pul yechish kerakligini hisoblaydi.  Bu juda mushkul tizim bo‘lib, haftasiga 7 kun kecha-kunduz, 24 soat ishlaydi. Uning uzluksiz ishlashini o‘nlab mutaxassislar kuzatib borishadi.     

Lekin, har qanday qiyin tizimda bo‘lgani kabi, billingning ishida ham ayrim hollarda noaniqliklar kuzatilishi mumkin. Masalan, UMS mutaxassislari ta’kidlaganidek, kompaniya tajribasida tarif rejalar bo‘yicha abonent to‘lovi ikki marta yechilgan holatlar ham bo‘lgan. Bu nima degani?

https://uzreport.news/fotobank/content/j18TWB627cXODM0dgrKJimgwa9OCkqgb1XezdVXd.jpeg

«UMS» MChJ abonentlarni asrash guruhi mutaxassisi Bekmurod Eshonqulov:   

- UMS tarif rejalarining aksariyati oylik abonent to‘loviga ega. U har oyning 1-sanasiga o‘tar kechasi yechib olinadi. Yoki agar abonent kompaniyaga endigina ulangan yoki yangi tarifga o‘tgan bo‘lsa, u holda to‘lov yaqin tunda yechib olinadi. Masalan, abonent 30 sentyabrdan 1 oktyabrga o‘tar kechasi tarif rejasini o‘zgartirdi. Lekin bu kecha tizimda ishlab turgan tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechiladi. Shuning uchun abonent balansidan ham eski, ham yangi tarif uchun abonent to‘lovi yechib olinishi mumkin.

Aynan shuning uchun tarif rejalariga izohda va abonentlarni konsultatsiya qilishda UMS kompaniyasi, oylik abonent to‘lovi bor tarif rejalarini oyning so‘nggi kunida (ya’ni 30 yoki 31chi sanasida) soat 23:30 gacha o‘zgartirish kerakligini uqtiradi. Shunga qaramay, abonent to‘lovi ikki marta olingani haqida murojaatlar mijoz foydasiga hal qilinadi. Mobil aloqa operatori eski tarif rejasining haqini abonent balansiga qaytaradi yoki unga loyiq daqiqa, megabaytlar yoki SMS beradi. Umuman, agar texnik sabablar bilan qandaydir xato yuz bersa, kompaniya masalani mijoz foydasiga hal qiladi.

«UMS» MChJ abonentlarni asrash guruhi mutaxassisi Bekmurod Eshonqulov:   

- Mavzusidan qat’iy nazar har bir e’tiroz sinchiklab o‘rganiladi, abonent harakatining tarixi ko‘tariladi, u yoki bu muammoning paydo bo‘lish sabablari ko‘rib chiqiladi. Shunday holatlar ham uchrab turadiki, unda insonning o‘zi aybdor bo‘ladi. Masalan, bolalar ota-onasining telefonini ruxsatsiz olib, internetga kiradi, qo‘ng‘iroq qiladi, abonentlar esa daqiqalar va megabaytlar yo‘qolgani uchun kompaniyani aybdor qilishadi. Shu tufayli har bir holat, har bir e’tiroz betakror bo‘lib, aynan shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.

UMS mobil aloqa operatori mijozlarga har qanday savol tug‘ilgan vaqtda kompaniyaga murojaat qilishni tavsiya qiladi. UMS call-markazi mutaxassislari mobil aloqa va Internerga oid savollar bo‘yicha  kecha-yu kunduz yordam yoki  maslahat berishga tayyor. Mobodo mijozlarda og‘riqli yoki boshqa muhim savollar bo‘lsa, u holda bevosita UMS rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin.

https://uzreport.news/fotobank/content/ln34sAqkdvpwEUviSWxkVGJ8HWSG2kHvJSgYW5Yh.jpeg

«UMS» MChJ abonentlarni asrash guruhi  rahbari Jaloliddin Yoqubov: 

- Ayni paytda O‘zbekistonda barcha tabaqadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqot qilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda ularning virtual qabulxonalari ishlayapti. UMS kompaniyasi Bosh direktorining virtual qabulxonasi 7 oydan ziyod vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda. U orqali tushayotgan barcha murojaatlarni Bosh direktor shaxsan o‘rganib chiqadi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bu abonentlarning o‘tkir muammolarini zudlik bilan hal qilishning eng samarali yo‘lidir. UMS Bosh direktorining virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarning qariyb 90% atigi bir kecha-kunduz mobaynida, agar yozma javob berilishi zarur bo‘lsa – uch kecha-kunduzgacha ko‘rib chiqiladi. 

Ochiqlik, ishonch, o‘zaro hurmat. Abonentlar bilan munosabatda  UMS aynan shu shu tamoyillarga   tayanadi va shu tamoyillardan kelib chiqib ular bilan qarshi aloqani amalga oshiradi.

Ro'yxatga qaytish