Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va “Uzavtosanoat” AJ xodimlari UMSning hukumat mobil aloqasiga ulanishdi.
Davlat xizmatchilarini ushbu aloqaga ulash ishlari davlatimiz rahbarining 2018 yilning 13 dekabrigacha “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida amalga oshirilmoqda. Hukumat mobil aloqasini joriy qilish bo‘yicha mas’ul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligidir.
O‘tgan yili agentlik ushbu tizimni ishga tushirish, sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish ishlarini amalga oshirdi. Hususan, 2018 yilning ohirida UMS kompaniyasi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xodimlarini huqumat mobil aloqasiga sinov tariqasida uladi.
Ushbu vaqt mobaynida tizimni to‘liq tijoriy foydalanishga topshirish uchun zaruriy uskunalar xarid qilindi. Davlat xizmatchilarini ulash uchun yillik abonent to‘loviga ega uchta imtiyozli tarif rejalari tayyorlandi. Ularni ishlab chiqishda davlat organlari xizmatchilarining qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va mobil Internetdan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olindi.
1 apreldan boshlab iqtisodiyot va sanoat, madaniyat, ichki ishlar vazirliklari, shuningdek mamlakat avtosanoati vakillari hukumat mobil aloqasi foydalanuvchilariga aylanishdi. Keyinchalik davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishda tizimdan foydalanishi majburiy bo‘lgan xodimlari ro‘yxatiga kiruvchi boshqa davlat xizmatchilari ham ushbu aloqa bilan bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
Maxsus hukumat mobil aloqasi foydalanuvchilarning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularga telefon ko‘ng‘iroqlari, yuborilayotgan va olinayotgan ma’lumotlarni himoyalovchi, abonentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ochiqlanishidan saqlovchi yagona platformada xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan budjet mablag‘larining tejalishini ta’minlanadi. Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hajmini inobatga olgan holda tizim bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Davlat rahbari Farmonida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida shu yili «Universal Mobile Systems» MChJning 2019-2021 yillarda rivojlanish Konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat O‘zbekistonda mobil aloqa va raqamlarni xizmatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan hukumat mobil aloqasini joriy qilish bo‘yicha “yo‘l haritasi” sifatida xizmat qiladi.