2023 yilda Mobiuz Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida 190 dan ortiq yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Buxoro viloyati 40,2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi, uning 90 foizga yaqini Qizilqum cho‘liga to‘g‘ri keladi. Viloyat aholisi 2 milliondan ortiq kishini tashkil etadi, ularning 63 foizi qishloq hududlarida istiqomat qiladi. Shu bilan birga, har yili viloyatga, xususan, jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoro shahriga, minglab xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradi.
Mobiuz mobil operatori tomonidan uyali aloqani yanada rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda Buxoro viloyatining bu husussiyatlari hisobga olingan.
Viloyatda bu yili 150 ta mutlaqo yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Natijada, 4G LTE tarmoqlari qamrovi, ayniqsa chekka qishloqlarda, kengaytirildi. Shaharlar va viloyat markazlarida takomillashtirilgan 4G+ standartida yanada sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun tayanch stansiyalari soni ham oshirildi.
Eng ko‘p yangi tayanch stansiyalari (36 ta) Buxoro shahrida o‘rnatildi. G‘ijduvon tumanida 25 ta, Qorako‘l tumanida 22 ta, Jondor tumanida 21 ta, Kogon tumanida 13 ta, Peshku tumanida 11 ta yangi tayanch tansiyalari ishga tushirildi. Viloyatning qolgan oltita tumanida 2 tadan 8 tagacha tayanch stansiyalari efirga ulandi. Ularning katta qismi LTE 1800 diapazonida, shuningdek, LTE 800, 2100, 2600 diapazonlarida ishlamoqda.
Joriy yilda Mobiuzning 4G LTE tarmoqlari O‘rtaxovli va Setalon (G‘ijduvon tumani), Chandir va Katta Do‘rmon (Qorako‘l tumani), Jonxo‘roz (Peshku tumani) va boshqa hududlarga kirib bordi.
Internet-trafikning yanada oshishini hisobga olgan holda Buxoro shahri, G‘ijduvon, Peshku, Jondor, Kogon, Qorako‘l, Shofirkon, Romitan tumanlarida mavjud 40 ta tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. Kompaniyaning yangilangan qurilmalarini asosiy ulushi LTE 2100 va 2600 diapazonlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu kunlarda Buxoro viloyatidagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi texnik jamoasi yana 9 ta tanyach stansiyalarida bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda. Ularning yangi yil oldidan efirga ulanishi to‘rtinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yillik rejani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi.
Mobiuzning O‘zbekistonning boshqa hududlarida texnik rivojlanish ishlari haqidagi ma’lumotlar pr.mobi.uz saytida yoritilmoqda.