Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Navoiy viloyatida “Yashil makon”

Mobiuz mobil aloqa operatorining joylardagi xodimlari “Yashil makon” milliy loyihasida faol ishtirok etmoqda. Ana shunday ekologik aksiyalardan biri Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tdi.

  

Joriy yilning 29-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahor faslida butun O‘zbekiston bo‘ylab 125 millionta tup ko‘chat ekish rejalashtirilgani ta’kidlangan edi. Mobiuz bu ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Kompaniyaning Navoiy shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari Karmana tumanida ko‘chat ekishda faol ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi tabiatni asrab-avaylash, uning resurslaridan tejab foydalanish va kelajak avlodlar uchun yashil maydonlar yaratish muhimligini chin dildan anglab, qat’iyat va g‘ayrat ko‘rsatdi. Shunday ruxda o‘tgan aksiya natijasida 2000 tup turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Mobiuz xodimlarining “Yashil makon” loyihasidagi ishtiroki ijtimoiy mas’uliyat va atrof-muhitni yaxshilashga o‘z sa’y-harakatlarini yorqin namunasi sifatida davom etmoqda.

Ro'yxatga qaytish