Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz aloqada: Samarqand viloyatida fuqarolarni sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Mobiuz uyali aloqa operatori Samarqand viloyatida fuqarolarni sayyor qabulini tashkil qildi va bu orqali abonentlar bilan muloqotga ochiqligini namoyish etdi.

Samarqand shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazida kompaniya Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova boshchiligidagi turli bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligining va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining hududiy boshqarmasi rahbarlari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida kompaniya vakillari abonentlarning shikoyat va takliflarini diqqat bilan tingladilar. Aloqa sifati, tayanch stansiyalarini o‘rnatish, tarif rejalari va xizmatlarini yanada takomillashtirish, MNP imkoniyatlaridan foydalanish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Ushbu muloqot formati kompaniyaga nafaqat mijozlarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish, balki ularning so'rovlariga tezda javob berish imkonini beradi. Mobiuz abonentlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiqligini namoyish etishda davom etmoqda.

  

Ro'yxatga qaytish