“Mobiuz” mobil operatori butun respublika bo‘ylab tarmoq infratuzilmasini rejali modernizatsiya qilish va kengaytirishda davom etmoqda. Xizmatlar sifatini oshirish dasturi doirasida abonentlarni yuqori tezlikdagi mobil internet va barqaror ovozli aloqa bilan ta’minlashga qaratilgan yangi tayanch stansiyalarining navbatdagi to‘plami ishga tushirildi.
Yangi uskunalarni ishga tushirish ishlari quyidagi joylarda amalga oshirildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
· Kegeyli shahri: Haqnazar Beknazarov ko‘chasi
· Kegeyli tumani: "Jiluan jap" MFY, "Jalpaq jap" QFY
Farg‘ona viloyati
· Qo‘qon shahri: "Quduqlik" MFY
· Oltiariq tumani: "Yangi Arab" MFY
· Farg‘ona tumani: "Yangi asr" MFY
Namangan viloyati
· Namangan shahri: "Zarbdor", "Kelajak tongi" MFY
· Kosonsoy tumani: "Guliston-1", "Navbahor" MFY
· Norin tumani: "Qiziltov" MFY
· Chortoq tumani: "Oykiron" MFY
· Yangi Namangan tumani: "Mingchinor" MFY
Samarqand viloyati
· Samarqand shahri: Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, Gagarin ko‘chasi, Sadriddin Ayni ko‘chasi
· Urgut tumani: "Jartepa" MFY
Yangi tayanch stansiyalarining o‘rnatilishi tez-tez tig‘iz soatlarda tarmoqqa tushadigan yuklamani sezilarli darajada kamaytirish, ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish hamda binolar va turar-joy massivlari ichida signal o‘tishini yaxshilash imkonini beradi.
Mobiuz — biz bilan hamisha ishonchli!
