Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Surxondaryodan murojaat o'rganildi
2026-yil 26-yanvar kuni Telegramdagi «Surxondaryoliklar Расмий саҳифа» kanalida Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning Mobiuz mobil aloqa operatoriga yo‘llagan videomurojaati e’lon qilindi.

Mobiuz mobil aloqa operatori vakillari mas’ul idoralar bilan hamkorlikda murojaat muallifi B.X. bilan Bandixon tumanidagi "Limonzor" mahallasida sayyor uchrashuv o‘tkazdilar. Mahalla hududida va bevosita murojaat muallifining yashash joyida radiosignallarni o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, eng yaqin Mobiuz tayanch stansiyasi B.X.ning yashash joyidan 4,7 km uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, radiosignallar mahalla hududiga yetib bormoqda. Aloqa va internet sifatini yanada oshirish uchun yaqin atrofda yangi tayanch stansiyasini o‘rnatish kerak bo'ladi.

Ushbu masala Termizdagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazining mas’ul mutaxassislari nazoratiga olinib, mazkur hududni tarmoqlarni yanada rivojlantirish rejalariga kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Mobiuz murojaat muallifiga va «Surxondaryoliklar Расмий сахифа» Telegram-kanaliga mobil aloqa operatorini rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun o‘z minnatdorligini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Mobiuz mobil aloqa xizmatlari bo’yicha taklif va shikoyatlaringiz mavjud bo‘lsa, kompaniya Bosh direktorining virtual qabulxonasiga quyidagi havola orqali murojaat qilishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/reception/.
Ro'yxatga qaytish