18 iyun kuni poytaxtimizning «Toshkentlend» istirohat bog‘ida alohida ehtiyojlari bor bolalar uchun Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi bo‘lgan O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Toshkent viloyat bo‘limiga UMS mobil operatori ko‘maklashib, uni qo‘
Bayramni nishonlash uchun Toshkentga Bekobod, Qibray, Yangiyo‘l, Chirchiqdan bolalar o‘z
Bolalar bilan muloqot, albatta, UMSning korporativ volontyorlari uchun bayramning eng muhim qismi bo‘ldi. Jo‘n bo‘lmagan hayotiy vaziyatlarga qaramay, bu bolalar va o‘smirlar ko‘tarinki ruh va o‘z kuchlariga ishonch bilan muloqotda bo‘ldilar.
Gulhumor Qoraboyeva, «UMS» MChJning ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi, volontyor:
— Ushbu tadbir bizning kompaniyamiz uchun ilk
Diana Aflitunova, «UMS» MChJning shartnomalarni quvvatlash funksional guruhi katta mutaxassisi, volontyor:
— Mazkur tadbirda qatnashish, bolajonlarga yordam berish, ular bilan muloqot qilish juda yoqimli hamda qalbimizni quvotniradigan ish bo‘ldi. Darhaqiqat, biz ularga taklif qila olishimiz mumkin bo‘lgan eng qimmatli sovg‘a e’tibor edi. Bunga javoban bolalarning ko‘zlarida ko‘ringan quvonch, yuzlarida paydo bo‘lgan tabassum va ularning do‘stona
Qudrat Rahimov, bayram tadbirining ishtirokchisi:
— Bayramda biz bilan volontyorlar ham bo‘lishini kutmagandim. Qizil futbolka kiygan yigit va qizlarni ko‘rganimda hayron bo‘ldim. Ular bizga qanchalik katta e’tibor bilan munosabatda bo‘lganlari esa, yanada kattaroq kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Men hatto ularga o‘z orzuim — Jismoniy tarbiya institutiga kirib o‘qish va eshkak eshish bo‘yicha parolimpiada chempioni bo‘lish niyatida ekanim haqida ham so‘zlab berdim. Bugungi qiziqarli va taassurotlarga boy kun uchun tashkilotchilar va volontyorlarga rahmat!