Poytaxtimizdagi “JAR” sport majmuasida alohida ehtiyojli bolalar uchun sport-ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlandi. Uning asosiy maqsadi – alohida g’amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bolalarga unutilmas his-tuyg‘ular va taassurotlar berishdir.
Tashkilotchilar – Mobiuz mobil operatori, “Olympic Mobiuz” futbol klubi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan maxsus sport-ko‘ngilochar dastur tayyorlandi. Yosh ishtirokchilar va ularning ota-onalari bayramona muhitga sho‘ng‘ishib, zavqlanishdi hamda o‘zlarini katta bir do‘stona jamoaning bir qismidek his qilishdi.
Tadbir doirasida professional animatorlar tomonidan har bir bolaning imkoniyatlariga moslashtirilgan qiziqarli sport va estafeta musobaqalari o‘tkazildi. Maftunkor tomosha – sovun pufagi shousi bolalarda ham, kattalarda ham ta’riflab bo‘lmaydigan zavq tuyg‘usini uyg‘otdi va haqiqiy ertakga sho‘ng‘ish imkonini berdi.
Shuningdek, bolalar “Olympic Mobiuz” futbolchilari tomonidan o‘tkazilgan futbol bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Tadbirning yosh ishtirokchilari va ularning ota-onalariga mobil operator va futbol klubining brend mahsulotlari hamda sovg‘alari topshirildi.
– Biz alohida ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun teng imkoniyatlar yaratishni o‘zimizning burchimiz deb bilamiz. Sport va faol turmush tarzi har bir bolaning ijtimoiylashuvi va rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Umid qilamizki, tadbirimiz ishtirokchilariga ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ular ulashdik va bu kunni hayotlaridagi yana bir yorqin voqeaga aylanira oldik”, — dedi Mobiuz mobil operatori matbuot kotibi Sardor Tojiyev.
Xayriya tadbiri bolalar uchun yangi do‘stlar orttirish, quvnoqlik va optimizmni kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Tashkilotchilar bunday tashabbuslar inklyuziv muhitni shakllantirish va aholining alohida ehtiyojli bolalar muammolaridan xabardorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.
Tadbir qanday o‘tganligi haqidagi video...