Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Har yili bo‘lib o‘tadigan xalqaro “UN PUBLIC SERVICE FORUM” 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi e’lon qilindi

   

 

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning eng muhim voqeasi ushbu xalqaro tadbir 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Buni UNDESA rahbari-BMTning Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua e’lon qildi.

Forumning yopilish marosimida Vazir Sh. Shermatov o‘z nutqi bilan ishtirok etib, Samarqandda o‘tadigan tadbirni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’kidlab, ishtirokchilarni Samarqandga taklif qildi. Shu bilan birga, ushbu forumni O‘zbekistonda yuqori darajada o‘tkazilishiga bildirilgan e’tirofga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” tadbirining yopilish marosimini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin

Ro'yxatga qaytish