Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz va ZTE hamkorlikni mustahkamlashni davom ettirmoqda

Mobiuz mobil operatorining markaziy ofisida Xitoyning telekommunikatsiya uskunalari va yechimlari sohasidagi yetakchi vendorlaridan biri – ZTE korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar delegatsiyasiga ZTE korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Fan Xuey (Fang Hui) boshchilik qildi. Uchrashuv hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi bo‘ldi.

Tomonlar mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lgan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganishga e’tibor qaratdilar.

Joriy yilda imzolangan qator hujjatlar va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Mobiuz va ZTE o‘rtasidagi umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng shartnoma 2024-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Mobiuz tarmog‘ini yanada rivojlantirishga qaratilgan. U joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan Investitsiya forumida imzolangan edi.

Joriy yilning fevral oyida Butunjahon mobil kongressi (MWC 2024) doirasida Mobiuz va ZTE o‘rtasida hamkorlik memorandumi va yangi istiqbolli loyihalar imzolandi.

Joriy yilning mart oyida Mobiuz’da ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti Chju Yunsin (Zhu Yongxing) va MDH mintaqasi bo‘yicha prezidenti Syuye Bin (Xue Bin) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Ro'yxatga qaytish