Mobiuz mobil operatori texnologik imkoniyatlarning yangi davrini ochmoqda. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuniga VoWiFi xizmatini tijoriy foydalanishga topshirdi.
Innovatsion VoWiFi (Voice over Wi-Fi) texnologiyasining ishga tushirilishi "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi vazifalarini amalga oshirish yo‘lida mamlakatimiz telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘lmoqda. Bu bilan Mobiuz abonentlarga yanada sifatli va qulay aloqa imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
VoWiFi nima va u qanday ishlaydi?
VoWiFi – bu Wi-Fi orqali ovozli aloqa va SMS-xabarlar. U har qanday internet-provayderning simsiz Wi-Fi tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va qabul qilish, xabarlarni jo‘natish va qabul qilish imkonini beruvchi ilg‘or texnologiyadir. Bunda Wi-Fi router mini tayanch stansiyasi vazifasini bajaradi.
Bu, ayniqsa, uyali aloqa signali kuchsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan qalin devorli binolar, yerto‘lalar yoki uzoq hududlarda dolzarb. Foydalanuvchilar istalgan mavjud Wi-Fi tarmog‘iga ulanib, qo‘shimcha xarajatlarsiz yuqori sifatli aloqadan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Innovatsiyalar to‘lqinida
Mobiuz har doim texnologik yechimlarni birinchi bo‘lib joriy etishga intiladi. 2023-yilda kompaniya O‘zbekistonda birinchi bo‘lib VoLTE-ni ishga tushirdi, shuningdek, butun respublika bo‘ylab ViLTE-dan foydalanish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga, ICT Expo 2023 ko‘rgazmasi doirasida Mobiuz operatorlar orasida birinchi bo‘lib VoWiFi imkoniyatlarini tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga namoyish etdi va uni sinovdan o‘tkazdi. Muvaffaqiyatli sinovlar va barcha zarur ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tgandan so‘ng, kompaniya VoWiFi-ni tijorat maqsadida ishga tushirdi.
Mobiuz Bosh direktorining texnika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov buni quyidagicha izohlaydi:
"Biz mijozlarimizga VoWiFi texnologiyasini taklif qilayotganligimizdan faxrlanamiz. Bu aloqa uchun innovatsion va qulay yechimlarni taqdim etish bo‘yicha missiyamizdagi muhim qadamdir. Ishonchimiz komilki, abonentlarimiz ushbu texnologiyaning afzalliklarini va uning kundalik hayot sifatini yaxshilashga qo‘shgan hissasini qadrlaydilar. VoWiFi ishga tushirayotgani bilan Mobiuz innovatsiyalarga sodiqligini va O‘zbekistonning barcha aholisi uchun aloqa sifatini yaxshilashga intilishini yana bir bor tasdiqlaydi".
O‘zbekistonda aloqa xizmatlarini rivojlanishi
O‘zbekistonda VoWiFi’ning ishga tushirilishi mamlakatda telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochadi. Ushbu texnologiya ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi, jumladan:
Aloqa sifati yaxshilanadi. VoWiFi yanada aniq va barqaror qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi, bu ayniqsa ishbilarmon foydalanuvchilar va zich joylashgan binolar sharoitida muhimdir.
Qamrovni kengaytirish. Abonentlar mobil aloqa cheklangan joylarda ham mavjud Wi-Fi tarmoqlaridan foydalangan holda aloqada qolishlari mumkin.
Ekologik barqarorlik. Mavjud Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish uyali aloqa infratuzilmasiga yuklamani kamaytiradi va tarmoqning yanada barqaror rivojlanishiga yordam beradi.
VoWiFi xizmatiga qanday ulanish va foydalanish mumkin?
VoWiFi xizmati bepul taqdim etilmoqda. Ushbu texnologiya orqali amalga oshiriladigan barcha qo‘ng‘iroqlar abonentlarning tarif rejalaridagi ovozli qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar shartlariga muvofiq narxlanadi.
Abonentlarning mobil qurilmasi VoWiFi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Buning uchun smartfon ishlab chiqaruvchisidan VoWiFi ishlash-ishlamasligini aniqlashtirish, shuningdek, sozlamalar orqali smartfon dasturiy ta’minotini (proshivkasini) yangilash zarur.
VoWiFi’dan abonentlar – jismoniy shaxslar ham, Mobiuz korporativ mijozlari ham foydalanishi mumkin. Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida, *181# USSD-kodi orqali, Mobiuz ofislarida yoki Call-markaz orqali ulash mumkin. Yuridik shaxslar uchun xizmatni faollashtirish yozma ariza, korporativ internet-yordamchi yoki virtual menejer orqali amalga oshiriladi.
Xizmat operator orqali va smartfon sozlamalarida faollashtirilgandan so‘ng, abonent o‘z hududida ishlaydigan Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi kerak. Shundan so‘ng, uyali aloqa signali zaif bo‘lsa, u VoWiFi texnologiyasi orqali qo‘ng‘iroq qilishi yoki qabul qilishi mumkin.
Batafsil ma’lumotni www.mobi.uz veb-saytida, 0890, 0990, (+998) 97 1300909 raqamlari orqali call-markazda va kompaniya ofislarida olish mumkin.