Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz xalqaro ISO standartlariga muvofiqligini tasdiqladi

Mobiuz mobil operatori sifat menejmenti va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari birinchi Kuzatuv tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kompaniya 2023-yilda qo‘lga kiritilgan ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari talablariga muvofiqligini yana bir bor isbotladi.

Xalqaro sertifikatlash tashkiloti CERT International tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv kompaniyadagi jarayonlarning qat’iy standart talablariga to‘liq javob beradigan yuqori darajada tashkil etilganligini tasdiqladi. Bu Mobiuz faoliyatining barcha sohalarida shaffoflik, axloqiylik va samaradorlik tamoyillariga sodiqligidan dalolat beradi.

ISO 9001:2015 "Sifat menejmenti tizimlari" – kompaniya o‘z mijozlarining ehtiyojlarini tushunishini, ularning talablariga mos kelishini hamda bu talablar oshib borgani sayin, doimiy ravishda moslashishga intilishini ta’kidlaydi.

ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari" – kompaniyaning shaffoflik, halollik va korrupsiyaga qarshi kurashishga bo‘lgan intilishini tasdiqlaydi, shuningdek, Mobiuzning korporativ mas’uliyatini ham ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, 2023-yilda Mobiuz "O‘zstandart" agentligi reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zDSt ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 standartlari bo‘yicha milliy namunadagi muvofiqlik sertifikatlarini ham qo‘lga kiritgan edi.

Birinchi Kuzatuv auditining o‘tkazilishi abonentlar, biznes hamkorlar va kompaniya xodimlarining ishonchini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat yuqori kasbiy mahorat va mas’uliyat standartlariga amal qiluvchi butun Mobiuz jamoasining hamjihatlikdagi mehnati natijasidir.

Kompaniya korporativ qadriyatlar va axloqiy madaniyatni qo‘llab-quvvatlagan holda yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali o‘z faoliyatini takomillashtirishni davom ettiradi.

Mobiuz o‘z abonentlari, hamkorlari va xodimlariga ishonch, qo‘llab-quvvatlash va yangi yutuqlarga erishishdagi hissalari uchun minnatdorlik bildiradi!

Ro'yxatga qaytish