O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Xitoyda o‘tkaziladigan Osiyo Kubogidagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 6-23-fevral kunlari Xitoyda katta sport bayrami – futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi U-20 o‘tkaziladi, unda 16 ta eng kuchli terma jamoalar to‘planadi. Ushbu musobaqalar arafasida matbuot anjumani o‘tkazildi, unda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov va futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob berdilar.
U-20 Osiyo kubogida ishtirok etish uchun turli jamoalardan 25 nafar futbolchi, jumladan, "Olympic Mobiuz" klubidan 12 nafar sportchi jalb qilindi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan "Olympic Mobiuz" yosh futbolchilarni 2028-yilda Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga chiqishi va ishtirok etishiga tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Mobiuz mobil operatori "Olympic Mobiuz" futbol klubining bosh homiysi sifatida mamlakatimizda sport va olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Kompaniya o‘zbek futbolining milliy va xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga faol hissa qo‘shmoqda.
U-20 terma jamoasining Osiyo kubogi saralash bosqichidagi ajoyib natijasi ham buning tasdig‘idir. U-20 terma jamoasi Kambodja (7:0), Nepal (6:0), Tayvan (3:1), Bahrayn (5:0) jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan oldin Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ertaga, 28-yanvar kuni 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimiz Xitoyga yo‘l olishadi va u yerdagi raqiblar bilan bir qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazishadi. Fevral oyida Osiyo Kubogi boshlanishi bilan ular Yaman, Indoneziya, Eron terma jamoalariga qarshi kurash olib borishlari va samarali o‘yin namoyish etishlari lozim bo‘ladi.
Mobiuz mobil operatori Osiyo kubogida U-20 jamoasi ishtirokining borishi haqida o‘z rasmiy manbalarida muntazam ravishda xabar berib boradi.