Mobiuz kompaniyasi o‘z tarmog‘ini kengaytirish va zamonaviylashtirishga qaratilgan faol ishlarini davom ettirmoqda, bu orqali abonentlarni sifatli va ishonchli aloqa bilan ta’minlamoqda. Ushbu ishlar doirasida Samarqand viloyatida yangi va zamonaviylashtirilgan tayanch stansiyalari ishga tushirildi.
Kompaniya quyidagi aholi manzillarida tayanch stansiyalarini ishlatish uchun ruxsatnomalar oldi:
-
Samarqand shahri – Rudakiy (Dog‘bit) va Begzod ko‘chalari;
-
Bulung‘ur tumani – "Olomon" QFY;
- Nurobod tumani – "Agron" QFY;
- Payariq tumani – "Ko‘ppaqi" MFY;
- Pastdarg‘om tumani – "To‘qboy" MFY;
- Paxtachi tumani – "Sultonobod" QFY;
- Samarqand tumani – Samarqand sayyohlik markazi hududi, shuningdek, "Pastagalik" va "Qaynama" QFY;
- Toyloq tumani – "G‘alabobotir" QFY;
- Urgut tumani – "Jozmon", "Mergancha", "Omonqo‘ton" MFY va "Qizilturik" QFY.
Abonentlarimiz qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, yuqori sifatli aloqadan bahramand bo‘lishlari uchun infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etamiz.
Abonentlarimizga ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi takomillashtirishlar aloqani yanada barqaror va sifatli bo‘lishiga olib kelishiga ishonchimiz komil!