Mobiuz mobil aloqa operatori Namangan viloyatidagi o‘z infratuzilmasini yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirish va mavjudlarini zamonaviylashtirish orqali mustahkamlashni davom ettirmoqda. Bu chora-tadbirlar natijasida mintaqadagi foydalanuvchilar uchun tarmoq qamrovi, aloqa sifati va mobil internet tezligi sezilarli darajada yaxshilanmoqda.
Olib borilgan ishlar natijasida quyidagi tumanlarda yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi:
-
Kosonsoy tumani: "Sheroziy" va "Jar" MFY.
-
Mingbuloq tumani: "G‘o‘rtepa", "Jomashuy" QFY.
-
Namangan tumani: "Dehqonobod", "Qoratepa" MFY, "Qorako‘l" QFY.
-
Norin tumani: "Yangi Farg‘ona" MFY, "Norinkapa" QFY.
-
Pop tumani: "Xo‘jaobod", "Iskovut", "Eski to‘da" MFY.
-
To‘raqo‘rg‘on tumani: "Shohidon", "Qatag‘on" MFY, "Bo‘ramatut" QFY.
-
Uychi tumani: "Jiydakapa", "Yerkatoy" QFY.
-
Uchqo‘rg‘on tumani: "Kattachek", "Paxtachi" MFY.
-
Chust tumani: Chust shahridagi Olmos ko‘chasi, "Og‘asaroy" va "G‘ovasoy sohili" MFYlari, shuningdek "Shoyon" QFY.
-
Yangiqo‘rg‘on tumani: "Kurik" MFY.
Tarmoqni kengaytirish va zamonaviylashtirish uning yuklamalarga bardoshliligini oshirishga imkon beradi, hatto eng gavjum paytlarda ham barqaror aloqani ta’minlaydi.
Mobiuz bilan birga bo‘lganingiz uchun tashakkur! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz O‘zbekistonda aloqa kelajagini yaratishimizga yordam bermoqda. Biz sizga eng zamonaviy va sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish maqsadida tarmoqni rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirmoqdamiz.