Abonentlarimizni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida, Mobiuz Xorazm viloyatidagi o‘z tarmog‘ini faol ravishda kengaytirmoqda va yangilamoqda. Yaqinda quyidagi aholi punktlarida zamonaviy tayanch stansiyalari ishga tushirildi:
-
Urganch shahri: "Ashxobod", "Yuqoriovul" MFY, Al-Beruniy ko‘chasi.
-
Xiva shahri: "Qiyot" MFY, "Gulshan" MFY.
-
Bog‘ot tumani: "Qalajiqqal’a", "Nayman" MFY hamda "Oqtepa", "Nurafshon" QFY;
-
Gurlan tumani: "Oqqum" MFY;
-
Hazorasp tumani: "Gulzor", "Ovshar" MFY;
-
Qo‘shko‘pir tumani: "Amirqum" va "Yovg‘ir" MFY;
-
Tuproqqal’a tumani: "Navbahor" QFY;
-
Urganch tumani: "Yoshlik", "Qumrabot", "Ravot", "Uchko‘prik" QFY;
-
Xiva tumani: "Arvik" va "Chinobod" MFY, "Dashyoq" QFY;
-
Xonqa tumani: "Do‘rmon", "Madir", "Nurafshon", "Paxtakor", "Tomadirg‘adiq", "Yangi turmush" QFY;
-
Yangiariq tumani: "Angariq", "Do‘stlik", "Shirsholi", "Ulug‘bek" QFY;
-
Yangibozor tumani: "Qoratepa," "Uyg‘ur," "Xayvat" QFY;
-
Shovot tumani: "Bunyodkor" MFY.
Ushbu sa’y-harakatlar aloqa sifatini yaxshilash va ma’lumotlar uzatish tezligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu ayniqsa mobil xizmatlarga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mobiuz o‘z abonentlarining sadoqatini yuqori qadrlab, ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi. Kompaniya har bir foydalanuvchiga ishonchli va sifatli aloqani ta’minlash maqsadida, tarmoqni yanada rivojlantirish va takomillashtirishga intilmoqda.