Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi

2025-yil 26-fevral kuni Mobiuz rahbariyati va xodimlari Toshkentda "Avtomobilsiz kun" loyihasida ishtirok etdi.

"Avtomobilsiz kun" loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanba kunida Toshkent shahrida o‘tkazila boshlandi. Ushbu tashabbus shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan.

Mobiuzning turli bo‘linma rahbarlari va xodimlari ushbu loyihada faol ishtirok etmoqda. Ular shaxsiy namuna orqali ushbu aksiyaning muhimligini ko‘rsatib, ishga jamoat transportida, velosipedda, elektrosamokatda yoki piyoda kelishmoqda.

2025-yil 26-fevralning qorli tongida rahbariyat va turli bo‘linmalar vakillari toza havoda faol harakatlanishni afzal ko‘rdilar. Bunday yondashuv innovatsiyalarga ochiqlik va ijobiy tendensiyani belgilashga intilishni namoyon etadi.

Bunday tadbirlar Mobiuz’ning jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish va kelajak shahar muhitini shakllantirishga bo‘lgan intilishiga to‘la muvofiq keladi. Kompaniya ekologik va ijtimoiy dasturlarda ishtirokini davom ettirish, xodimlar va hamkorlarni yangi yutuqlarga ruhlantirish, shuningdek, abonentlarga aloqada qolish va raqamli texnologiyalar olamida rivojlanishga ko‘maklashadigan zamonaviy yechimlarni taqdim etish niyatidadir.

"Avtomobilsiz kun" aksiyasida faol ishtirok etish barcha shahar aholisi uchun yanada toza, xavfsiz va qulay muhit yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

Ro'yxatga qaytish