Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz Samarqand viloyatida tarmoq qamrovini kengaytirmoqda!

Mobiuz kompaniyasi o‘z tarmog‘ini faol rivojlantirish orqali abonentlariga barqaror aloqa, yuqori tezlikdagi mobil internet hamda yanada ko‘proq imkoniyatlarni ta’minlashni davom ettirmoqda.

Yaqinda Samarqand shahri va uning tumanlaridagi yangi texnik inshootlardan foydalanishga ruxsatnomalar olindi. Bu aloqa sifati va yuqori tezlikdagi internetga kirish imkoniyati yanada yaxshilanishini anglatadi!

Mobiuz’ning yangi aloqa obyektlari endi quyidagi joylarda faoliyat ko‘rsatmoqda:

Samarqand shahri:

·                    Afrosiyob ko'chasi

·                    Dag'bit ko'chasi

·                    Panjikent ko'chasi

·                    Registon ko'chasi

·                    Sadriddin Ayniy ko'chasi

·                    Usto Umar Juraqulov ko'chasi

·                    Shabad ko'chasi

Samarqand viloyatining tumanlari:

·                    Pastdarg‘om tumani: "Galapart" QFY

·                    Payariq tumani: "Polvonariq" MFY

·                    Urgut tumani: "Taroqli" va "Katta To‘rinjak" MFYlari

Endi Samarqandning yanada ko‘proq aholisi va mehmonlari Mobiuz’dan sifatli aloqa va internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar! Abonentlarimiz doimo aloqada qolishlari uchun tarmoqni kengaytirishni davom ettirmoqdamiz.

Ro'yxatga qaytish