2025-yil 27-28-mart kunlarii Mobiuz kompaniyasining Markaziy ofisida hamda Chirchiqdagi Xizmat ko'rsatish markazida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda abonentlar va poytaxt aholisi mobil aloqa operatori vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilar mobil aloqa xizmatlari, tariflar, aloqa sifati va kompaniya faoliyatining boshqa jihatlari haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mobiuz rahbarlari va mutaxassislari fuqarolarning murojaatlarini diqqat bilan tingladi, tushuntirishlar berdi hamda yuzaga kelgan vaziyatlarni hal etish yo‘llarini taklif etdi.
Mobiuz abonentlarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda o‘z xizmatlarining sifatini yaxshilash ustida faol ish olib bormoqda. Bunday uchrashuvlar nafaqat yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish, balki aloqa qulayligi va sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarni joriy qilish imkonini ham beradi.
Fuqarolarni navbatdagi qabul qilish tadbirlari kelajakda ham, jumladan kompaniyaning hududiy ofislarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.