Andijon viloyatida tarmoqni texnik modernizatsiya qilish doirasida Mobiuz mutaxassislari 32 ta mavjud tayanch stansiyalaridagi akkumulyator batareyalarini almashtirdilar. Barcha obyektlarga zamonaviy Li-Ion akkumulyatorlari o‘rnatildi. Bu esa elektr ta’minoti uzilgan sharoitlarda tarmoqning ishonchli ishlashini sezilarli darajada oshiradi.
Endi elektr ta’minoti vaqtincha uzilganda ham abonentlar uzoqroq muddat aloqada qolish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akkumulyatorlari almashtirilgan tayanch stansiyalarning manzillari:
· Andijon shahri: "Yorboshi", "Qoratut", "Mirpo‘stin", "Sarvontepa", "Soy", "Taxtako‘prik", "Nayman", "Hamdo‘stlik" va "Xursandlik" MFYlari.
· Andijon tumani: "Do‘ngqishloq", "Navro‘z", "No‘xatak", "Naymanobod", "Daryobo‘yi", "Oqyor" va "Ayrilish" QFYlari.
· Asaka tumani: "Niyozbotir" QFY.
· Buloqboshi tumani: "Farovon" va "Neftchilar" QFYlari.
· Izboskan tumani: "Yangiavlod" va "Yangi hayot" QFYlari.
· Jalaquduq tumani: Qo‘shterak QFY.
· Marhamat tumani: "Dukchi eshon" QFY.
· Oltinko‘l tumani: "Jiyanbek", "Markaz" va "Mirobod" QFYlari.
· Paxtaobod tumani: "Beshmirza" va "Yangi hayot" QFYlari.
· Qo‘rg‘ontepa tumani: "Qo‘rg‘ontepa" MFY, "Yangi hayot" va "Ma’murobod" QFYlari.
· Xo‘jaobod tumani: "Solpi" QFY.
· Shahrixon tumani: "Shahrixon" QFY.
Mobiuz aloqa sifatini yaxshilash va har qanday sharoitda ham barqaror ulanishni ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishni davom ettiradi.