Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz xodimlari Toshkent xalqaro marafonida

Mobiuz markaziy ofisi va Farg‘onadagi mintaqaviy Xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari VII Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir haqli ravishda Markaziy Osiyodagi yetakchi yugurish musobaqalaridan biri sanaladi. Bu yil maraton dunyoning 52 mamlakatidan rekord darajada - 11 500 nafar ishtirokchini to‘pladi.

Bunday tashabbuslarda qatnashish xodimlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kompaniyaning ijtimoiy mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratiladigan korporativ madaniyatimiz qadriyatlarini aks ettiradi.

Yangilangan yugurish yo‘li mamlakatimiz taraqqiyotidagi yangi bosqichning ramzi bo‘lgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ining go‘zal hududidan o‘tdi. Musobaqa ishtirokchilari o‘zlariga mos masofani - 42 km li klassik marafondan yarim marafongacha, shuningdek, 10 va 3 km masofalarni tanlashlari mumkin edi.

Hamkasblarimiz 10 va 21 km masofalarga chiqib, yo‘lni g‘ayrat, sport zavqi va muhim voqeaning bir qismi bo‘lish istagi bilan bosib o‘tdilar. Biz tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va minglab boshqa ishtirokchilar qatorida startga chiqish uchun o‘zida kuch, vaqt va xohish topa olgan hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz.

Bunday onlar bizni birlashtiradi va ilhomlantiradi, sport maydonida, ish vazifalarida va hayotda birgalikda ko‘p narsalarga erishishimiz mumkinligini eslatib turadi!

Ro'yxatga qaytish