Mobiuz mobil operatori vakillari Toshkentdagi Huawei innovatsion markazida AKT sohasi mutaxassislarini to‘plagan Digital Week 2025’da faol ishtirok etdi.
Maxsus demo-tur paytida Mobiuz mehmonlari Huawei kompaniyasining 5G, aqlli tarmoqlar va amaliy sun’iy intellekt sohasidagi so‘nggi ishlanmalari bilan tanishdilar.
Dasturga aloqa operatorlari biznesini o‘zgartirish bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar ham kiritildi: an’anaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan bulut ekotizimi, fintech, edtech platformalari va IoT yechimlariga o‘tish masalalari ko‘rib chiqildi.

Digital Week’da qatnashish jamoaviy faoliyatning yorqin namunasi bo‘ldi: forumda tarmoq samaradorligini oshirish va texnik infratuzilmani tezkor takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.
Bunday funksiyalararo yondashuv bizning "Bir jamoa" qadriyatimizni ta’kidlaydi hamda uzluksiz ta’lim va rivojlanishning ichki madaniyatini mustahkamlaydi.