24-25 aprel kunlari Mobiuz vakillari Farg‘ona vodiysining uchta yirik shahri – Farg‘ona, Andijon va Namanganda sayyor qabullar o‘tkazdilar.
Uchrashuvlar Xizmat ko‘rsatish markazlarida kompaniyaning turli bo‘linmalari rahbarlari va vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari va "O‘zkomnazorat" inspeksiyasi vakillarining ishtiroki muloqotni yanada mazmunli va samarali qilganini alohida ta’kidlash lozim.
Tadbirlarning asosiy maqsadi abonentlar va mahalliy aholi bilan bevosita aloqani mustahkamlashdan iborat edi. Fuqarolar qabuli davomida ishtirokchilar kompaniya vakillariga savollar, takliflar va istaklarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Qabullarda tarmoqni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi baza stansiyalarini o‘rnatish, tarif rejalarini takomillashtirish, aloqa sifati, shuningdek, raqamni ko‘chirish imkoniyatlari (MNP) kabi mavzular ko‘tarildi.
Barcha murojaat va takliflar e’tibor bilan tinglandi, batafsil qayd etildi va alohida nazoratga olindi. Kompaniya ularning har biri bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash uchun zarur choralarni ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bir qator murojaatlar joyida hal etildi.
Abonentlar bilan ochiq uchrashuvlar formati Mobiuz o‘z faoliyatini asoslaydigan halollik, ochiqlik, eshitish va eshitilishga intilish tamoyillarning yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Bunday tadbirlar nafaqat mijozlarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga, balki ularning kutganlariga tezkor munosabat bildirishga ham yordam beradi.