Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz futzal bo‘yicha “Aloqa Kubogi 2025”da

Bugun, 1-may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha "Aloqa Kubogi 2025" musobaqasi boshlandi. Mobiuz mobil aloqa operatori jamoasi sohaning eng kuchli jamoalari qatnashadigan Markaziy guruhda o‘ynaydi.

Markaziy guruh tarkibi:

  • Mobiuz 

  • Uztelecom Markaziy filiali  

  • TATU 

  • RRTM 

  • IT Park 

  • Toshkent pochtamti

Bu bosqichda barcha jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi – shu sababli har bir o‘yin muhim, har bir gol hal qiluvchi bo‘lishi mumkin! Guruhda kuchli uchlikka kirgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaning respublika bosqichiga yo‘l oladi.

 

Sportchilarimizga omad yor bo‘lsin!

Ro'yxatga qaytish