Mobiuz Bosh direktori Sobir Aripov boshchiligidagi ishchi guruh xizmat ko‘rsatish sifatini joyida baholash, mijozlar fikrlarini tinglash va hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya viloyatdagi Xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, Urgut, Payariq va Ishtixon tumanlaridagi dilerlar, tadbirkorlar va abonentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Har bir suhbat qimmatli fikr-mulohaza manbai bo‘ldi – viloyat aholisi o‘z taassurotlari, takliflari va istaklarini bildirdi.
Mobil aloqa va internet sifatini tekshirishga ham alohida e’tibor berildi. Vaziyatni o‘rganish viloyatda raqamli baholash va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qarorlarni xolisona ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi.
Tashrif davomida yaqin kelajakda Samarqand viloyatidagi tarmoq faoliyati va xizmat ko‘rsatish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan aniq vazifalar belgilandi.