Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz rahbariyati Qashqadaryo viloyatiga ish safari bilan tashrif buyurdi.

2025-yilning 28-30-may kunlari Mobiuz mobil aloqa operatori rahbariyati kompaniya Bosh direktori boshchiligida Qashqadaryo viloyatiga ish safari bilan tashrifda bo‘lib turibdi. Safarning asosiy maqsadi kompaniyaning mintaqadagi faoliyati bilan shaxsan tanishish, xodimlar, dilerlar, hamkorlar va aholi bilan bevosita muloqot qilishdan iborat.

Tashrif doirasida delegatsiya Shahrisabz va Kitob shaharlarida, shuningdek, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi tumanlarida bo‘lib, kompaniya ofislari, texnik inshootlar va dilerlar savdo nuqtalarini ko‘zdan kechirdi. Shu kabi o‘rganishlar Qarshi shahri va boshqa tumanlarda ham davom ettirilmoqda.

Uchrashuvlar davomida mobil aloqa va internet sifati, xizmat ko‘rsatish darajasi, shuningdek, mijozlar va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilinmoqda.

Viloyat aholisi bilan jonli muloqotga alohida e’tibor qaratildi. Aholining haqiqiy ehtiyojlarini chuqurroq anglashga yordam beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq suhbatlarning ahamiyati ta’kidlandi. Olingan fikr-mulohazalar va takliflar tarmoqni rivojlantirish, internet tezligini oshirish va raqamli yechimlarning qulayligini ta’minlash bo‘yicha keyingi qadamlarga asos bo‘ladi.

Mobiuz jamoasi so‘zda emas, amalda odamlarga yaqin bo‘lish tamoyiliga amal qiladi. Shu bois, sayyor tashriflar kompaniya faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. Bu tezkor qarorlar qabul qilish va abonentlarning umidlari hamda ishonchini haqiqatan aks ettiradigan harakatlar qilish imkonini beradi.

Mobiuz texnologik taraqqiyot va insoniy munosabatlar uyg‘unligini ta’minlash yo‘lidan borishda davom etmoqda. Biz nafaqat tarmoq, balki mamlakatning har bir mintaqasi, shahar va qishlog‘ida imkoniyatlar makonini yaratmoqdamiz.

Ro'yxatga qaytish