Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz vakillari Nukus va Urganchda fuqarolarni sayyor qabul qildi

Mobiuz aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish amaliyotini davom ettirib, abonentlar bilan qayta aloqani mustahkamlamoqda. Navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli 19-20 iyun kunlari Nukus va Urganch shaharlaridagi Xizmat ko‘rsatish markazlarida o‘tkazildi.

Uchrashuvlar paytida abonentlar Kompaniya vakillariga shaxsan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Aloqa sifati, qamrov hududlari, qo‘shimcha xizmatlarning ishlashi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish qulayligi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, qayd etildi va keyinchalik ko‘rib chiqish uchun tegishli bo‘limlarga yuborildi. Barcha masalalar bo‘yicha abonentlarga batafsil tushuntirishlar berilib, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tarmoqni rivojlantirishni kelgusida rejalashtirishda inobatga olindi.

Kompaniya rahbariyati bunday uchrashuvlarni zamonaviy raqamli infratuzilmani shakllantirishning muhim elementi sifatida ko‘radi, bunda foydalanuvchilarning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Operator xizmat ko‘rsatish falsafasining asosini ochiqlik, har bir mijozga e’tibor va ularning so‘rovlariga tezkor munosabat bildirish tashkil etadi.

Ro'yxatga qaytish