Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz qamrovini kengaytirmoqda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida yangi tayanch stansiyalari

Mobiuz kompaniyasi O‘zbekistonning barcha hududlarida mobil tarmoqni texnik jihatdan rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi - abonentlarning yashash joyidan qat’i nazar, har bir mijozga barqaror va sifatli aloqani ta’minlashdan iborat.

 Tarmoq qamrovi yaxshilangan aholi punktlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

- Nukus shahri: "G'one qal'a" va "Oydinjul" MFYlari

- Amudaryo tumani: "Buyuk Turon" QFY

- Ellikqala tumani: "Iftixor", "Toshkent" va "To‘rt devor" QFYlari

Samarqand viloyati:

- Ishtixon tumani: "Ko‘tarma" QFY

- Jomboy tumani: "Beshbola" QFY

- Nurobod tumani: "Jarquduq" QFY

- Qo‘shrobod tumani: "Katta Oqmachit" QFY

- Toyloq tumani: "Ravot" QFY

- Urgut tumani: "Bog'shamol", "Etak Beshkapa" va "Mo‘minobod" MFYlari

Mobiuz har bir abonentga yaqin bo‘lish uchun - har bir tumanda, har bir mahallada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettiradi.

Ro'yxatga qaytish