O‘zbekistonda 2-iyul kuni suverenitet, tarix va milliy o‘zlikni ifodalovchi asosiy ramzlardan biri bo‘lgan Davlat gerbini qabul qilish kuni nishonlanadi.
Davlat gerbi shunchaki bir tasvir emas, balki o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllanib kelgan qadriyatlari, madaniyati va intilishlarini aks ettiruvchi ramzdir. Uning har bir unsuriga chuqur ma’no singdirilgan:
- ko‘tarilayotgan quyosh hayot va umidning ramzidir;
- paxta va bug‘doy - mehnat, yerning hosildorligi va boyligini ifodalaydi;
- Humo qushi - tinchlik, ozodlik va farovonlikning himoyachisidir.
Mobiuz kompaniyasi yurtimizning barcha fuqarolarini ushbu tarixiy sana bilan samimiy muborakbod etadi. Davlatimiz ramzlari bizni bundan buyon ham birlik, taraqqiyot va olg‘a intilishga ruhlantirsin.