Mobiuz poytaxt aholisi va mehmonlarini UzExpo Center yozgi maydonchasida o‘tkaziladigan ulkan yozgi bayram — Mazza Fest’ga taklif etadi. Yaqinda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan festivaldan so‘ng, Mazza Fest mehmonlarga yanada ko‘proq zavq-shavq, hayajon va unutilmas taassurotlar taqdim etish uchun yana bir bor ularni to‘plamoqda.
Festival mehmonlarini boy va mazmunli dastur kutmoqda:
· Dunyoning 50 mamlakatidan eng mohir oshpazlar tayyorlagan taomlar bilan gastronomik sayohat;
· Mashhur san’atkorlarning jonli musiqa ijrolari;
· Butun oila uchun raqslar va interaktiv elementlar bilan bezalgan yorqin tomosha;
· Festivalning maxsus mehmoni - Lola Yo‘ldosheva bo‘lib, uning qo‘shiqlari haqiqiy bayram kayfiyatini yaratadi.
Abonentlar va mehmonlar uchun alohida bonus - festivalning o‘zida faol muloqot va internet uchun qulay shartlarga ega yangi Mazza 60 tarifini ulash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Mazza Fest-2025 har bir kishi o‘ziga yoqadigan narsani topadigan joyga aylanadi - bu mazali taom, musiqa, raqs yoki shunchaki ajoyib kayfiyat bo‘lishi mumkin.
Keling va Mazza energiyasidan quvvatlaning!
