Mobiuz kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab aloqa tarmog‘ini kengaytirish va zamonaviylashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Bu esa abonentlar uchun mobil xizmatlarning yanada qulayroq va sifatliroq bo‘lishini ta’minlamoqda.
Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida navbatdagi asosiy tayanch stansiyalari ishga tushirildi.
Buxoro viloyati
· Kogon shahri: "Furqat" MFY
· Jondor tumani: "Quliyon" MFY
· Vobkent tumani: "Charmgaron" MFY
Qashqadaryo viloyati
· Kitob tumani: "Paxtaobod" MFY
· Qamashi tumani: "Elobod" MFY
Samarqand viloyati
· Samarqand shahri: "Mustaqillik" MFY va "Sadaf" ko‘chasi
· Bulung‘ur tumani: "Olmazor" MFY
· Ishtixon tumani: "Ko‘tarma" MFY
· Narpay tumani: "Baxt" va "Ipak yo‘li" MFY
· Samarqand tumani: "Qo‘shtamg‘ali" MFY
· Urgut tumani: "Do‘stlik" va "Jarqishloq" MFY
Yangi tayanch stansiyalarining ishga tushirilishi ovozli aloqa va mobil internet sifatini yaxshilashga, tarmoq qamrov hududini kengaytirishga, shuningdek, mazkur hududlar aholisi uchun raqamli imkoniyatlar darajasini oshirishga imkon yaratadi.
