Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kechikishsiz xaridlar: Mobiuz Korzinka supermarketlarida aloqa sifatini oshirmoqda

Mobiuz Korzinka supermarketlar tarmogida aloqa va internet sifatini oshirish boyicha strategik loyihani elon qildi.

Har soniya muhim bolganda

Dunyo ozgarmoqda, u bilan birga xarid qilish tajribasi ham. Bundan 10-yil avval ham supermarket yoki dokonga borish alohida tayyorgarlikni talab qilardi: plastik kartani unutmaslik, terminal ishlamay qolsa deb naqd pul ham olish kerak edi. Bugungi kunda esa bularning barchasi bittagina smartfon bilan hal bolmoqda.

U shaxsiy maslahatchi: rasta yonida turib tovarlarni onlayn mahsulotlar bilan solishtirish, yogurt haqidagi sharhlarni oqish, mahsulot tarkibini QR kod orqali tekshirish mumkin;

U hamyon: kontaktsiz tolovlarni amalga oshirish, bonuslar va toplangan ballarni kuzatib borish mumkin;

U jamgarma: raqamli sodiqlik kartalari, shaxsiy chegirmalar haqidagi bildirishnomalar, elektron cheklar va keshbeklarni saqlashga qulay;

U yaqinlaringiz bilan aloqada bolishni taminlaydi: qanday choy olishni aniqlash uchun onangizga video qongiroq qilasiz, royxatdagi barcha mahsulotlar savatda ekanligi va siz kassa oldida turganingizni turmush ortogingizga xabar berasiz…

Bularning barchasi faqat bir narsani - hozirning ozida va shu joyda barqaror aloqa va internet bolishini talab qiladi.

Har bir Korzinkada Mobiuz bilan aloqada

Mobiuz mobil aloqa operatori Korzinka supermarketlari va Korzinka Mahalla dokonlari joylashgan hududlarda tarmoqlar qamrovini yaxshilashni boshladi. Loyiha Toshkentda ishga tushirildi va bosqichma-bosqich butun respublikani qamrab oladi.

Nega bu shunchalik muhim? Ochiq joyda mukammal ishlaydigan signal bino ichida karrasiga kuchsizlanadi yoki butunlay yoqoladi. 30-40 santimetr qalinlikdagi beton devorlar, metall armaturalar, shiftlarning metall konstruksiyalari, kop qatlamli oynalar... Bularning barchasi radio tolqinlarni tosib qoyadigan jismoniy tosiqlardir.

Abonentlar Korzinka ichida doimo aloqada bolishlari uchun Mobiuz mavjud tayanch stansiyalarini takomillashtirmoqda va zamonaviy ichki yechimlarni - bino ichida signalni kuchaytirishning maxsus texnologiyalarini qollamoqda.

Operatorning maqsadi - tez va ishonchli aloqa orqali xarid jarayonini qulay, yoqimli va samarali qilishdan iborat.

Innovatsiyalar sari

Mobiuzning Korzinka bilan loyihasi alohida aksiya emas. Bu Mobiuz missiyasi - insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari intilishning bir qismidir. Kompaniya 8 milliondan ortiq abonent uni nima uchun tanlaganini amalda korsatmoqda.

Xususan, Mobiuz Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatida mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi. Fargona vodiysida 5G tarmogini faol joriy etmoqda. Barcha hududlarda yangi tayanch stansiyalarini qurish va mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Mobiuz zamonaviy insonning haqiqiy ehtiyojlarini anglab yetadi. Aloqa nafaqat kochada, balki odamlar kundalik hayotining katta qismini otkazadigan joylarda ham mukammal ishlashi lozim. Kompaniya kelajakda ham xarid qilish, ishlash, talim olish va muloqot uchun qulay raqamli muhitni yaratishda davom etadi.

Ro'yxatga qaytish