Mobiuz kompaniyasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yangilash va hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirishni davom ettirmoqda. Qashqadaryo viloyatida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi. Bu stansiyalar barqaror aloqani va yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlaydi.
Loyiha doirasida quyidagi aholi manzillarida tarmoq sifati yaxshilandi:
· Qarshi shahri: "Shayxali", "Eski Anhor", "Ravoq", "Zo‘g‘za", "Zahokimaron", "Kat", "Batosh", "Otchopar", "Xontepa", "Gulshan" MFYlari
· Dehqonobod tumani: "Yangiobod" MFY
· Kasbi tumani: "Talliyo‘lg‘un", "Talishbe", "Istiqlol", "Mirzo Ulug‘bek", "Masjid", "Obod Yurt" MFYlari
· Koson tumani: "Sherbek", "Paxtazor", "Mesit", "Bog‘ishamol" MFYlari
· Muborak tumani: "Konchilar" MFY
· Nishon tumani: "Ko‘ksoy" MFY
· Qamashi tumani: "Chim", "Jonbuz", "Uzun", "Oqrabot" MFYlari
· Qarshi tumani: "Mustaqillik", "Shodlik", "Uzumzor" MFYlari
· G‘uzor tumani: "Qorako‘l", "Tengdosh", "Chaqar", "Xalqobod", "Chug‘urtma", "Tinchlik" MFYlari
Yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirish tarmoqning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi, ovozli aloqa sifatini yaxshilaydi hamda mintaqa aholisi uchun mobil internetning yuqori tezligini ta’minlaydi.
Mobiuz mamlakat bo‘ylab barcha hududlarda o‘z abonentlariga zamonaviy, ishonchli va qulay aloqani ta’minlash maqsadida tarmoqni rivojlantirish va qamrovni kengaytirish dasturini amalga oshirishni davom ettiradi.
