Mobiuz kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga oid rejali ishlarni izchil davom ettirmoqda. Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari ishga tushirildi.
Uskunalarni ishga tushirish va modernizatsiyalash ovozli aloqa va mobil internet sifatini yaxshilash, shuningdek, shahar va tuman aholisiga barqaror ulanishni ta’minlash maqsadiga qaratilgan.
Yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari ish boshlagan aholi punktlari ro‘yxati:
Buxoro viloyati
· Buxoro shahri: "R. Hamroyev," "Olim Xo‘jayev," "Furqat," "Dilkusho" MFY
· Buxoro tumani: "Gulshanobod" MFY va "A. G‘ijduvoniy" QFY
· Romitan tumani: "Gazberon" MFY
Jizzax viloyati
· Zomin tumani: "Duoba" QFY
Qashqadaryo viloyati
· Qarshi shahri: "Xontepa" MFY
· Shahrisabz shahri: "Bo‘st" MFY
· Kasbi tumani: "Qo‘ng‘irot", "Jarqo‘cha" MFY
· Kitob tumani: "Ali Qo‘shchi" MFY
· Qamashi tumani: "Kaptarxona" MFY
· Yakkabog‘ tumani: "O‘rta" MFY
· Chiroqchi tumani: "Qirg‘iz" MFY
Navoiy viloyati
· Navoiy shahri: "Gulzor" MFY
· G‘ozg‘on shahri: "Tumor" MFY
· Konimex tumani: "To‘qqiztepa" MFY
· Xatirchi tumani: "Oltinobod", "Uyshun", "Bunyodkor" MFY
Samarqand viloyati
· Samarqand shahri: "Shodiyona" MFY
Sirdaryo viloyati
· Guliston shahri: "Ahillik", "Navbahor" MFY
· Boyovut tumani: "Muqimiy", "Uchturg‘on" MFY
· Mirzaobod tumani: "M.Ulug‘bek", "Toshkent" MFY
· Sirdaryo tumani: "Adolat", "Shirin" MFY
Surxondaryo viloyati
· Termiz shahri: "Ma’rifat" MFY
· Angor tumani: "Sharq guli" va "Yangi turmush" MFY
· Denov tumani: "Nurli Manzil", "Obodon" va "Ibn Sino" MFY
· Jarqo‘rg‘on tumani: "Surxon sohili" MFY
· Qiziriq tumani: "Qorasuv" MFY
Toshkent viloyati
· Bo‘stonliq tumani: "Pargos" QFY
· Ohangaron tumani: "Alisher" MFY
· Zangiota tumani: "Erkin" QFY
· Chinoz tumani: "Usmon Nosir" MFY
Farg‘ona viloyati
· Farg‘ona shahri: "Yormozor" va "Bahor" MFYlari
Yangi tayanch stansiyalarining ishga tushirilishi tarmoq qamrovini sezilarli darajada yaxshilashga, ma’lumotlar uzatish tezligini oshirishga hamda shahar va qishloq aholi punktlarida barqaror aloqani ta’minlashga imkon yaratadi.
Mobiuz zamonaviy raqamli imkoniyatlar mamlakatimizning har bir hududidagi aholi uchun foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida tarmoqni rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda.
