Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida tayanch stansiyalari qamrovini kengaytirmoqda

Mobiuz kompaniyasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda, bu orqali abonentlarga yanada barqaror aloqa va sifatli mobil internet xizmatini ta’minlamoqda. Tarmoqni modernizatsiya qilish va kengaytirishning navbatdagi bosqichi doirasida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi va yangilanganbaza stansiyalari ishga tushirildi.

Tarmoq qoplamasi yaxshilangan hududlar:

Buxoro viloyati

·         Buxoro shahri: "Olim Xo‘jayev", "Furqat", "R.Hamroyev" MFYlari

·         Buxoro tumani: "Gulshanobod", "Qunjiqala" MFYlari

·         Romitan tumani: "Bobur" MFY

·         Shofirkon tumani: "Shodlik", "Qalmoqon" MFY va "A. G‘ijduvoniy" QFY

Navoiy viloyati

·         Navoiy shahri: "Guliston" MFY

·         Karmana tumani: "Malik", "Ziyokor" MFYlari

·         Qiziltepa tumani: "Zarmetan" QFY

·         Tomdi tumani: "Tomdibuloq" QFY

Qashqadaryo viloyati

·         Qarshi shahri: "G'ulom G." MFY

·         Kasbi tumani: "Maymanak" MFY

Toshkent viloyati

·         Yangiyo‘l shahri: "Baxt" MFY va "Samarqand" ko‘chasi

Mobiuz tarmoqni rivojlantirish, qamrov hududini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishga sarmoya kiritishni davom ettiradi. Buning maqsadi mamlakatimizdagi barcha hududlarda abonentlar zamonaviy raqamli imkoniyatlardan foydalana olishini ta’minlashdir.

Ro'yxatga qaytish