Mobiuz ulanish uchun yangi prefikslarni ishga tushirmoqda
16.01.2026
Mobiuz ulanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida davom etib, butun mamlakat bo‘ylab abonentlar foydalana oladigan yangi raqamlarni ishga tushirganini e’lon qiladi.
Yangi ulanish uchun imkoniyatlar:
· +998 87 942
· +998 87 594
Qo‘shimcha prefikslarni ishga tushirish yangi abonentlar uchun ulanishda ko‘proq tanlov imkoniyatini berish va qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mobiuz’ning zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi barqaror ovozli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlaydi. Bu esa kundalik muloqot, ish faoliyati va raqamli xizmatlardan foydalanish uchun alohida ahamiyatga ega.
