Mobiuz yangi prefiks raqamlarni ishga tushirishi haqida e’lon qildi
27.01.2026
Mobiuz butun mamlakat hududida abonentlar ulanishligi uchun yangi raqamlar seriyalarini joriy etilgani haqida ma’lum qilmoqda. Ushbu qaror kompaniya resurslarini rejali ravishda kengaytirish doirasida qabul qilingan bo‘lib, yangi ulanishlarni rasmiylashtirish jarayonida mijozlarga qo‘shimcha tanlash imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Raqamlar quyidagilardan boshlanadi:
· +998 87 619
· +998 87 412
Mobiuz’ning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, shuningdek rasmiy dilerlik tarmog‘i orqali ulanish amalga oshiriladi. Kompaniya mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarining qulayligini oshirish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirmoqda.
