Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Toshkent viloyatida yangi tayanch stansiyalar ishga tushirildi

Mobiuz kompaniyasi tarmoqni kengaytirish hamda mobil aloqa sifatini yaxshilash borasidagi tizimli ishlarni davom ettirmoqda. Toshkent viloyatida yangi tayanch stansiyalar ishga tushirilib, bu qamrov hududini kengaytirish va abonentlarni barqaror ovozli aloqa hamda mobil internet bilan ta’minlash imkonini beradi.

Yangi tayanch stansiyalar quyidagi joylarda ishga tushirildi:

·         Bekobod shahri — "Sayxun" MFY

·         Yangiyo‘l shahri — "Baxt", "Ishchilar shaharchasi" MFYlari va "Samarqand" ko‘chasi

·         Bekobod tumani — “Yangiobod” MFY va “Zafar” QFY

·         Bo‘ka tumani — “Qoraquduq” ko‘chasi

·         Quyi Chirchiq tumani — “Chinobod”, “Paxtachi” va “G‘alabotir” MFYlari

·         Yangiyo‘l tumani — “Niyozboshi” MFY

·         Zangiota tumani — “Erkin” QFY

·         O‘rta Chirchiq tumani — “Do‘stlik” MFY

·         Chinoz tumani — “Usmon Nosir” va “Sutbuloq” MFYlari

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish xizmatlar sifatini oshirishga, tarmoq sig‘imini kengaytirishga hamda hudud aholisi va mehmonlari uchun barqaror aloqani ta’minlashga imkon yaratadi.

Ro'yxatga qaytish