Mobiuz Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi!
08.03.2026
Mobiuz kompaniyasi barcha ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi!
Ushbu bayram bahor, ilhom va dunyoni mehr-muhabbat, shafqat hamda bunyodkorlik quvvati bilan to‘ldiradigan ayollarga bo‘lgan hurmat ramzidir. Sizning donoligingiz, mehribonligingiz va matonatingiz tufayli har kunimiz yanada yorqinroq, hayotimiz esa yanada uyg‘unroq bo‘ladi.
Bu bahor sizga quvonch, yangi imkoniyatlar va ko‘plab baxtli lahzalarni olib kelsin. Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik, ilhom va eng ezgu orzularingiz ro‘yobini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! 8-mart bilan!
