Mobiuz kompaniyasi mamlakatimiz hududlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish va aloqa sifatini oshirishda davom etmoqda. Xorazm viloyatida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi, bu esa tarmoq qamrovini kengaytirish hamda abonentlar uchun yanada barqaror mobil aloqa va internetni ta’minlash imkonini beradi.
Yangi tayanch stansiyalar quyidagi manzillarda ishga tushirildi:
· Urganch shahri — “Ashxobod”, “Mustaqillik”, “Navbahor” MFYlari hamda “Al-Xorazmiy”, “Andijon” va “Xonqa” ko‘chalari
· Hazorasp tumani — “Al-Xorazmiy” MFY va “Mustaqillik” ko‘chasi
· Urganch tumani — “Arboblar”, “Bo‘ston”, “G‘aybu Tandirchi”, “Oq-maktab” MFYlari
· Xonqa tumani — “Jannatmakon” MFY
Mobiuz, foydalanuvchilar uchun ayniqsa muhim bo‘lgan hududlarda ishonchli aloqani ta’minlash maqsadida, tarmoqni kengaytirish va yangi texnologik yechimlarni joriy etish ustida muntazam ishlab kelmoqda.
