Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Muloqot uchun ko‘proq tanlov: Mobiuz 87 528 va 87 215 yangi prefikslarini ishga tushirdi

Mobiuz mobil operatori raqamlar resursini kengaytirib, yangi tarmoq prefikslari ishga tushirilganini e’lon qiladi. Endi abonentlar uchun (+998) 87 528 va (+998) 87 215 telefon raqamlarida minglab yangi kombinatsiyalar mavjud.

Yangi prefikslarning joriy etilishi abonentlar bazasining faol o‘sishi hamda kompaniyaning foydalanuvchilarga maksimal tanlov erkinligini taqdim etishga intilishi bilan bog‘liqdir. Yangi raqamlar sig‘imi ilgari ulanish uchun mavjud bo‘lmagan ko‘plab “chiroyli” va oson esda qoladigan raqamlardan foydalanish imkoniyatini ochadi.

Ulanishni qayerda rasmiylashtirish mumkin?

Yangi prefiksli raqam egasi bo‘lish imkoniyati bugunoq mavjud. Buning uchun quyidagi xizmat ko‘rsatish nuqtalarida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kifoya:

·         Mobiuz’ning shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida.

·         Rasmiy tijorat vakillari savdo shoxobchalarida.

Mobiuz shuni eslatadiki, raqamli kombinatsiyalarning mavjudligini bevosita joylarda yoki kompaniyaning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali aniqlash maqsadga muvofiq.

Ro'yxatga qaytish