.jpg)
Mobiuz’ning IT va texnik bo‘linmalari rahbarlari hamda mutaxassislari Toshkent shahrida har yili o‘tkaziladigan Huawei Digital Week 2026 tadbirida ishtirok etishdi.
Huawei tadbirda sun’iy idrokka yo‘naltirilgan (AI-centric) arxitekturaga ega innovatsion yechimlarni taqdim etdi. Ushbu yechimlar ilk bor Barselonada bo‘lib o‘tgan MWC 2026 Butunjahon mobil kongressida e’lon qilingan edi.
Mobiuz mutaxassislari sun’iy idrok barcha darajalarda — servislardan tortib, tarmoqni boshqarish va alohida tarmoq elementlarini optimallashtirishgacha joriy etilgan intellektual tarmoqlarni qurish yondashuvlari bilan tanishdilar. Bunday arxitektura aloqa operatorlariga operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, tarmoq sifatini oshirish va yangi daromad manbalarini shakllantirish imkonini beradi.
.jpg)
Hisoblash quvvatlari va kechikishi past bo‘lgan optik magistrallar sohasidagi yechimlar Mobiuz jamoasida alohida qiziqish uyg‘otdi. Yuqori tezlikdagi aloqaga talab o‘sishda davom etayotgan sharoitda, infratuzilmaning sun’iy idrok agentlaridan ommaviy foydalanishga tayyorligi masalasi operator uchun asosiy strategik ustuvorliklardan biriga aylanmoqda.
Mobiuz yetakchi texnologik tendensiyalarni izchil kuzatib boradi va sohaning muhim tadbirlarida ishtirok etib keladi. Huawei kompaniyasining sun’iy idrokka yo‘naltirilgan tarmoqlar sohasidagi ilg‘or ishlanmalari bilan tanishish kompaniyaga infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun amaliy asos yaratadi.
