Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz bolalar uchun xavfsiz raqamli olam — MobiKids’ni ishga tushirdi

Mobiuzdan MobiKids bu 2 yoshdan 12 yoshgacha bolgan bolalar uchun moljallangan, xavfsiz kontentga ega raqamli ekotizimdir.

O‘zbekiston — dunyoning eng yosh mamlakatlaridan biri. Aholi sonining qariyb uchdan bir qismini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, internet foydalanuvchilari soni esa 32,7 million kishidan oshdi. Bolalar smartfonlardan tobora erta yoshda foydalana boshlamoqda va ko‘pincha nazoratsiz raqamli muhitga tushib qolmoqda.

MobiKids — ushbu muammoga yechimdir: bu ota-onalar farzandi ko‘rayotgan kontentdan xotirjam bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfsiz, tizimli va rivojlantiruvchi makon. Platforma ta’limiy ilovalar, multfilmlar, ertaklar, o‘yinlar va sun’iy idrokka asoslangan materiallarni bir joyga jamlaydi.

Kontent uchta yosh guruhiga moslashtirilgan: kichkintoylar va maktabgacha yoshdagi bolalar (2–5 yosh), kichik maktab yoshidagi bolalar (6–9 yosh) hamda o‘smirlik arafasidagi bolalar (10–12 yosh).

Kichkintoylar katta tugmachali va matni kam bo‘lgan sodda multfilmlar, ertaklar hamda allalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

6–9 yoshli maktab oquvchilari bilimlarni oyin tarzida mustahkamlovchi interaktiv kitoblar va viktorinalardan iborat «Todly» oquv ilovasidan foydalanishlari mumkin.

10–12 yoshli bolalar uchun esa HTML5 va Android o‘yinlari, sovrinli tanlovlar bor. Shuningdek, shaxsiylashtirilgan ertaklarni yaratishda sun’iy idrokdan foydalanadigan va ularni ota-onalar ovozi bilan so‘zlab berish imkonini beruvchi «Shamaze» ilovasi mavjud. «Shamaze UZ» maxsus talqini O‘zbekiston bozori uchun moslashtirilgan.

Kontentning bir qismi sun’iy idrok yordamida yaratiladi — bu MobiKids’ni Markaziy Osiyoda shunday imkoniyatga ega bo‘lgan ilk bolalar servislaridan biriga aylantiradi.

Portalga asosiy kirish barcha Mobiuz abonentlari uchun bepul. Ro‘yxatdan o‘tish ham, ilovani yuklab olish ham shart emas. Butun kontent kutubxonasini ochuvchi premium-obuna kuniga 2 400 so‘m turadi. Qisman kirish rejimi ham mavjud: hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, 800 so‘m yechib olinadi va cheklangan miqdordagi o‘yinlar, multfilmlar hamda audiomateriallar to‘plami ochiladi.

Obunani uch xil usulda ulash mumkin: mobikids.uz sayti orqali, 0707 raqamiga START so‘zi yozilgan SMS yuborish orqali yoki *0707# USSD-so‘rovini terish orqali.

Batafsil ma’lumot bilan www.mobi.uz va mobikids.uz saytlari orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish