9-may — O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan, matonat, jasorat va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat ramziga aylangan sanadir. Mobiuz mobil operatori mamlakatimizning barcha aholisini ushbu ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.
Bu kun bizga tinchlik naqadar azizligini hamda kelajak avlodlarning osoyishtaligi yo‘lida og‘ir sinovlardan o‘tgan insonlar jasoratini yodda tutish qanchalik muhimligini eslatib turadi. Ajdodlarimizning qahramonligi olijanoblik va o‘z burchiga sadoqatning abadiy namunasi bo‘lib qoladi.
Millionlab insonlar hayotining bir qismi bo‘lish va yaqinlar bilan muloqot uchun ishonchli aloqani ta’minlash Mobiuz kompaniyasi uchun yuksak sharafdir. Biz musaffo osmon ostida yashab, yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilish va rivojlanish imkoniyatini yuksak qadrlaymiz.
Mobiuz jamoasi barcha o‘zbekistonliklarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, boqiy tinchlik-osoyishtalik hamda har bir xonadonga fayzu baraka, baxt va shodlik tilaydi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamyurtlar!
