Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Muloqot uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar: Mobiuz o‘nlab aholi punktlarida aloqa sifatini yaxshiladi

Mobiuz abonentlari har kuni terabaytlab ma’lumotlarni yuklab olmoqdalar, striming videolarini tomosha qilmoqdalar, onlayn ta’lim olib, bizneslarini masofadan boshqarmoqdalar. Ushbu jarayonlarning uzluksiz va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida kompaniya tarmoq faoliyatini muntazam ravishda optimallashtirib bormoqda.

Yaqinda amalga oshirilgan texnik ishlar natijasida quyidagi viloyat va hududlarning shahar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida (MFY) tarmoq sig‘imi sezilarli darajada kengaytirildi:

Buxoro viloyati

·         Buxoro tumani: «Kuchkumar» MFY

Navoiy viloyati

·         Navoiy shahri: Mahmud Tarobi ko‘chasi

·         Nurota tumani: «Orasoy» MFY

Qashqadaryo viloyati

·         Qamashi tumani: «Yertepa» MFY

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

·         Nukus shahri: «Allaniyaz qahramon» MFY

Samarqand viloyati

·         Bulung‘ur tumani: «Istiqlol» MFY

·         Kattaqo‘rg‘on tumani: «Yakkabog‘» MFY

·         Qo‘shrabot tumani: «Yangiqishloq» MFY

·         Samarqand shahri: «Toshkent» MFY, G‘ijduvon ko‘chasi

·         Samarqand tumani: «Andijoni» MFY

·         Toyloq tumani: «Navzandak», «Ukrach», «Qo‘rg‘oncha» MFYlari

·         Urgut tumani: «Jayratepa», «Yuqori Tegana», «Mirzaqishloq», «Mingtepa», «Quyi guzar», «Quyi Kamangaron» MFYlari

Sirdaryo viloyati

·         Sirdaryo tumani: «Tinchlik» MFY

Toshkent viloyati

·         Bo‘ka tumani: «Yangi hayot» MFY

Xorazm viloyati

·         Urganch shahri: «Istiqlol», «Temiryo‘lchi», «Yangi hayot» MFYlari, Amudaryo ko‘chasi

·         Urganch tumani: «G‘alaba», «Shermatlar» MFYlari

Tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish — bu doimiy jarayon bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir Mobiuz mijoziga uning joylashgan joyidan qat’i nazar, maksimal tezlik va xizmatlar barqarorligini taqdim etishdan iboratdir.

 

Ro'yxatga qaytish