Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz jamoasi BLOODY CORPORATE CUP 9 da

2026-yil 20-iyun kuni Mobiuz kibersport jamoasi yana “jangga” kirishadi!

Shu kuni FRAG.GG kibersport portalining Counter-Strike 2 bo‘yicha “BLOODY CORPORATE CUP 9” korporativ turniri boshlanadi.

Bir necha yildan buyon jamoamiz korporativ kibersport sahnasida kompaniyamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. Biz kibersportni shunchaki o‘yin emas, balki yoshlarni birlashtiruvchi, jamoaviy tafakkur va reaksiyani rivojlantiruvchi butun bir sanoat deb bilamiz.

Bu mavsumda bosh sovrin uchun mamlakatimizning yetakchi kompaniyalaridan 16 tagacha jamoa kurash olib boradi. Raqiblar jiddiy — shu bois kurash yanada qiziqarli kechadi. Guruh bosqichi 20–21-iyun, final esa 28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Omad tilaymiz!

Ro'yxatga qaytish