Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Butun dunyo futbol bilan yashayotgan bir paytda, biz kibersport haqida ham unutganimiz yo‘q. Bunga ajoyib sababimiz bor!

Mobiuz jamoasi FRAG.GG kibersport portalining Counter-Strike 2 bo‘yicha BLOODY CORPORATE CUP 9 korporativ turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin, chempionlar kubogi va haqli oltin medal bizniki!

Bu mavsumda bosh sovrin uchun mamlakatimizning yetakchi kompaniyalaridan iborat hamda turnirlarda ishtirok etish bo‘yicha katta tajribaga ega 14 ta jamoa kurash olib bordi. Grand-finalda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alabani ilib ketdi. Hal qiluvchi xarita o‘yini turnirning eng yorqin yakunlaridan birini tuhfa etdi: “Mirage”da yutqazayotgan yigitlarimiz o‘zlarini qo‘lga olib, o‘yinni qo‘shimcha vaqtga olib chiqishdi va raqibni taslim etishdi. Bu shunday kambek bo‘ldiki, uning ortidan o‘rningdan turib olqishlagin keladi.

Mobiuz jamoasi bir necha yildan buyon korporativ kibersport maydonida kompaniyamiz sharafini himoya qilib keladi. Bugungi g‘alaba esa matonat va jamoaviy hamjihatlik doimo ustun kelishining eng yaxshi isbotidir.

Ro'yxatga qaytish