Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz SIM-kartalari endi Texnomart do‘konlar tarmog‘ida

Mobiuz mobil aloqa operatori mijozlarga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirmoqda hamda Texnomart maishiy texnika va elektronika do‘konlar tarmog‘i bilan birgalikda maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda.

Endi xaridorlar zamonaviy qurilmalarni xarid qilish bilan birga Mobiuz tarmoqlariga ulanish uchun tayyor to‘plamni ham bir joyning o‘zida olishlari mumkin.

Aksiya shartlari

Texnomart filiallaridan har qanday smartfon yoki planshet xarid qilinganda, xaridorlarga Mobiuz SIM-kartasi sovg‘a qilinadi.

To‘plamda sizni quyidagilar kutadi:

·         Mobiuz sovg‘a SIM-kartasi;

·         Raqamni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish va faollashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma;

·         Igna-skrepka.

Ulanish jarayoni imkon qadar soddalashtirilgan: SIM-kartani kompaniyaning sotuv idoralariga tashrif buyurmagan holda, istalgan qulay vaqtda faollashtirish mumkin.

Xaridlar va hamyonbop ulanish uchun Texnomart’ning eng yaqin do‘konlariga taklif etamiz!

Ro'yxatga qaytish